O’rtahol va Boy odamlar o’rtasidagi 10ta farq

O

Dunyoda o’ta boy qatlam rivojlanayotganini barchamiz yaxshi bilamiz. Forbes jurnalining birgina AQSH mamlakati misolida bergan malumotlariga ko’ra 400 ta eng boy amerkalik xisobida 150 million aholida mavjud mablag’ mavjud.

Xo’sh, boy va qashoqlar o’rtasidagilar  o’rta qatlamchi? Balki siz o’sha o’rta qatlam vakilaridandirsiz. Siz kambag’al emassiz, ammo boy ham emasiz… xozircha! O’tgan yigirma yilda tahlil qilingan malumotlarga qaraganda, dunyoda o’rta qatlam qisqarishi kutilmoqda. Bu degani kelajakda sizning o’rta qatlam azosi bo’lish extimoli kamaymoqda. Siz boy yoki kambag’al bo’lasiz.

Siz Qaysi tomonda bo’lishni istaysiz?

Agar boy qatlam tomonda bo’lishni istasangiz boylardeg o’ylashingiz kerak. Bunda sizdan bazi faktlarni bilishingiz talab qilinadi. Endi etiboringizga boy va o’rtahol odamlarning 10 ta farqli jixatlarini havola qilaman.

1 O’rtahol odamlar qulaylikni yaxshi ko’radi, boylar esa noqulayliklarni quchoq ochib kutib oladi.

Noqulay hayot kechirishga intiling. Keyin noqulay hayotga chap berishga o’rganing. Bu zulumli bo’lishi mumkun lekin shunga ko’nikish orzuga yetish uchun arzirli qurbollik – Piter MakUillyams

Sarmoya kiritishda nima qulay bo’lsa, o’sha kamdan kam holarda foyda keltiradigan bo’ladi – Robert Arnot

«Xafsiz» ishda ishlash qulay. Birovga ishlash qulay, o’rta qatlam qulay yashashda baxtni ko’rsa, boylar noqulay vaziyatlar sharofati bilan turmushda noodatiy voqiyalar bo’lishiga ishonadi.

O’zingizning biznesingizni yuritish tavakalchilik hisoblanadi. Tavakalchilik esa hech qulay bo’lmagan. Lekin shu tavakal orqasidan katta boylik ortirish va havas qilsa arziydigan natijalarga erishish mumkun

O’zingizning kamfort hududingizdan chiqib keting. Barcha yo’larga qarab ko’ring. Agar boy bo’lishni istasangiz biroz noqulaylikni boshdan o’tqazishga majbursiz. Siz muvaffaqiyatsizliklarga uchrashingiz mumkun. Bu juda yaxshi! Chunki muvaffaqiyatsizlik tamini totmayabsizmi, demak kam harakat qilayabsiz.

2 O’rta qatlam vakillari topganidan ko’proq sarflaydi. Boylar daromadidan kam xarj qiladi

O’z ko’rpasiga qarab oyoq uzatishdan ko’ra yaxshi amal yo’qdir – Kelvin Kulij

O’rtacha millionerlar orasida 100 ming dollarlik mashinasi bor yoki o’ta hashamatli uyi bor odamni topolmaysiz. Boylar barakani uchiradigan xarajatlardan saqlanadi. Ular o’z pulini aql bilan, o’z mablag’ini ko’paytirishga hissa qo’shadigan narsalarga sarflaydi.

AQSHda o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, o’rtacha hisobda boylar yangi avtomabil sotib olgandan ishlatilgan mashinalarni xaydashni avzal ko’rishadi. Yani avtomashinani sotib olishga pullari yetsa ham nafslarini boshqara biladilar.

3 O’rta qatlam kariyera narvonidan chiqishga urinadi, boylar esa shu narvonga egalik qiladi

Dunyodagi eng boy odamlar o’zlarining tanish – bilishlarini ko’paytirishga intiladilar, qolgan barcha esa doim ish qidiradilar – Robert Kiosaki

O’rta qatlam birov uchun ishlashga moyil bo’ladi. Ularning ishi bor. Karerasi ham. O’rta qatlamdan yuqorilar esa o’zlarining korxonalari bo’lishiga intiladilar. Ular ishga egalik qiladi, ular bizneslariga ega.

Ular o’sha o’rta qatlam shakillantiradigan karera tizimiga egalik qiladi. Ular ko’p mablag’ keltirishi uchun ko’proq ishchisi bo’lishini istaydi. Boylar bunday passiv daromadning foydasini tushunadi.

4 O’rta qatlam vakilari hamma bilan do’st, boylar esa extiyotkorlik bilan do’st tanlaydi.

O’zingizdan yaxshiroq bo’lgan odamlar bilan «osh-qatiq» bo’lish yaxshiroq. Yurish-turishi o’zingiznikidan yaxshiroq bo’lgan insonlarga qo’shilib yuring va siz ham o’sha yo’nalishga tushib olasiz. – Uorren Baffet

Boylar muvaffaqiyatli odamlar orasida bo’lish shaxsiy zafarlarni taminlashni tushunadi. Aksincha, omadi chopmaganlar orasida bo’lish bilan ularning biriga aylanib qolish mumkun. Statistik malumotlarga qaraganda, sizning daromadingiz uchta eng yaqin do’stingizning o’rtacha daromadiga teng.

Agar ko’p pul topishni istasangiz, daromadi katta odamlar orasida bo’ling. Shunchaki hayotiy qarashlaringizni muvaffaqiyatli odamlarning fikirlashiga tenglashtiring. Xullas, agar boy bo’lishni hohlasangiz, boylardek o’ylashingiz zarur.

5 O’rta qatlam pul topish uchun ishlaydi, boylar esa o’rganish uchun

Yoshligingizda o’rganish uchun ishlang – pul topish uchun emas – Robert Kiosaki

O’rta qatlam ko’proq haq to’lash vada qilinganida o’z ishlarini o’zgartirishga osonlikcha rozi bo’lishadi. Boylar ishlashning, ayniqsa yoshlikdagi mehnatning mohiyati pul emasligini yaxshi tushunishadi.

Ishlashdan maqsad boy bo’lish uchun kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egalashdir. Masalan, savdoda zafar quchish uchun savdogarlik qilib ko’rish kerak, yoki bug’alteryani yaxshi tushunish uchun bankda ishlash qo’l keladi. 

Agar boy bo’lishni istasangiz boylik keltiradigan hunar – ko’nikmalarni egalash darkor. Ko’pchilik boy odamlar erishgan manzilga eltuvchi yo’l katta maosh olishdan boshlanmagan.

6 O’rta qatlamda buyumlar talay, boylarda-chi – kirimlar

Juda ko’p insonlar pullarini o’zlari xohlamagan buyumlarni sotib olish uchun ishlatadi. Ular o’zlariga yoqmaydigan odamlarni hayron qoldirishga urinishadi. – Uill Rojers

Yana hashamatli mashinalar va katta uylarga qaytaylik. Mana o’rta qatlam o’z pulini qayerga sarflaydi. Boy bo’lish uchun buyum ortirishga emas, pul yoki pulga tenglashtirilgan mol-mulklar ortirishga harakat qilish kerak.

Bu kulgili tuyulishi mumkun. Amerikaning eng boy shaxslaridan biri Uorren Baffet 1958-yilda sotib olgan uyida yashaydi. Uy uchun atigi 31 500 AQSH dollari to’lagan.

Pulni yig’ishga yoki pul keltiradigan bizneslarga sarmoya kiritishga odatlaning. Agar biror narsa sotib olmasdan turolmaydigan felingiz bo’lsa, aktivlar xarid qiling. Masalan: Ko’y va mollar sotib olsangiz, bir necha yildan keyin ular bolalaydi, semiradi va go’sht narxi ko’tariladi. Buni «puldan pul qilish» deydilar. 

7 O’rta qatlam qancha yig’a olishin hisob kitob qiladi. Boylar esa qancha topishini.

Sizning eng zo’r aktivingiz pul topa olish qobilyatingizdir. Eng yaxshi resurs esa vaqt. – Brayn Tresi

Boy bo’lishni istasang. pul ishlash va uni yig’ish haqida bosh qotir – Benjamin Franklin

Pul yig’ish muhum. Sarmoya qilish ham muhum, ammo pul topish ikkovining ham asosidir. Siz pul yig’ishingiz va sarmoya kiritishingiz kerakligini tushunasiz, ammo bundanda yuksakroq maqsadlarga erishish uchun, avvalo ko’proq pul ishlab topishingiz kerak.

Buni tushungan boylar pul topish mumkun bo’lgan yo’llarni qidirib topadilar va o’zlarida bor imkoniyatlardan foydalanadilar. Xaqiqatdan boy bo’lmoqchi bo’lsaningiz, pul ishlab topish qobilyatingizni kichaytiring, pul yig’ish maxoratingizni emas.

8 O’rta qatlam pul bilan emotsional munosabatda, boylar esa mantiqiy.

Sog’lom fikirlash hisiyotlar bilan uyg’unlashgandagina, risoladagidek xulq-atvor sohibi bo’lasiz. – Uorren Baffet

Uorren Baffet o’zining «Boylar qanday fikirlaydi?» kitobini yozish uchun 30 yil davomida 1200 nafardan ortiq dunyoning eng badavlat insonlari bilan suhbatlashadi. Suhbatlarga asoslanib u boy va o’rtahol insonlar orasidagi 100 ta farqni bayon qiladi. O’sha farqlarning asosiylaridan biri shu ediki, o’rta qatlam vakillari pulga hisiyot ko’zlari bilan qaraydi, boylar esa pul masalasiga mantiqan yondashadi. Moddiy masalalarda hissiyotlarga berilib qaror qabul qilish shaxsiy moliyaviy ahvolingizni xarob qiladi.

Hisiyotlar tufayli odamlar qimmatga xarid qiladilar va arzonga sotib yuboradilar. Emotsiyalar aralashgan biznes kelishuvlar ham inqirozga yuz tutishi muqarrar. 

9 O’rta qatlam o’z imkoniyatlariga past baho beradi. Boylar esa o’z oldiga katta maqsadlar qo’yadi.

Katta maqsadlar qo’ying va ularga erishmaguncha to’xtamang. – Bo Jekson

O’rta qatlam o’z oldiga maqsadlar qo’yadi gohida. Maqsadlarning salmog’i o’rta qatlam va boy qatlam o’rtasidagi farqni ko’rsatadi. O’rta hol odamlar erishish oson bo’lgan maqsadlar bilan yashaydi. Boylar esa imkon yo’q, qiyin va telbanamo niyatlar bilan yashaydi. Lekin ular katta orzuga erishishga ishonishadilar.

Bu yana o’sha hayotiy qarashlar masalasi. Oldingizga maqsad qo’yar ekansiz, o’zingizdan so’rang bundan ham ko’prog’iga erishishni istarmidim? Sizning qo’lingizdan kelgani shumi yoki bundan ham ko’prog’iga qodirmisiz?

10 O’rta qatlam mashaqqatli mehnat samarasiga ishonadi. Boylar tasir o’tkazish kuchiga ishonadi

Mavjud resurslardan unimliroq foydalanishga erishish, yo’q resurslarni shakilantirishdan ko’ra yaxshiroqdir. – Jorj Soros

Shubhasiz, mehnat zaruratdir. Barcha uchun ham. Agar yuqoriga ko’tarilmoqchi bo’lsangiz ishlashingiz kerak. Muammo shundaki, mehnatning o’zigina sizni boy qilib qo’ymaydi. Boylik yo’lakchasida sizga richag kuchi yordam beradi. Bu nima o’zi?

Siz muvaffaqiyatga erishish uchun ishga tashqaridan ishchilar jalb etasiz, o’zingiz qatnashmaydigan biznes bilan shug’ulanasiz. Masalan: pul to’plab unga do’kon sotib olishingiz, uni esa ijaraga berib, har oy malum miqdorda pul olib turishingiz mumkun. Bu esa o’zining kuchidan ko’ra sarmoyaga ko’proq ishonish samarasini namoyon etadi.

O’z hayotingiz uchun ko’proq vaqt ajratishingizga va yanada unumli ishlashingizga xizmat qiladi. Boylar va o’rtasidagi bazi farqlar juda katta, bazilari esa oddiy va kichikroq. Nima bo’lganda ham bir haqiqatni tushunish kerak. Boy bo’lmoqchi bo’lsangiz, boylardek o’ylang va ular qilgan ishlarni qiling!

 

Tavsiya Muvaffaqiyatga erishish siri o’qing o’zligingizni anglang

Maqola Cash Flow Club tomonidan yozilgan va kamina tomonidan qayta tahrirlangan

Muallif haqida

UzFoxSoft

Komment yozish

By UzFoxSoft

Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Bizni Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Choose A Format
Gif
GIF format