Muffaqiyatga erishish siri yoki o’zlikni anglash

M

Xar bir insonda quyosh mavjud, faqat uning nur sochishiga imkon bering! Suqrot

Kunlarning birida sayox, ingichkagina nimjon arqonga bog’lab qo’yilgan va natijada jazirama issiqda qiynalib turishga majbur bo’lgan katta va kuchli filni ko’rib xayron qoldi.
Sabasi sal nariroqda salkin yam-yashil jungle o’rmonlari bor edi, ammo bu gigant issiqda qiynalib turardi.
– Qiziq! o’yladi sayox. Shunday katta va kuchli jonivor nimjon bir arqonni uzib tashlab ozod bo’lish o’rniga qiynalib turibdi.
Shunda u fil egasi yoniga kelib:
– Nima uchun shunday kata fil nimjondan nimjon bo’lgan arqonni uzib ketib ozod bo’lish o’rniga jimgina issiqda qiynalib turibdi? – deb so’radi. Unga javoban fil egasi:
– Fil kichiklik paytida bu arqonni uzishga juda ko’p uringan, lekin eplay olmagan. Shuning uchun xozir bunga xarakat ham qilmaydi – dedi.
Bizning o’z hayotimizni, baxtimizni va boyligimizni qo’ldan boy berayotganligimizning eng asosiy sabablaridan biri ham shunda.
Biz xarakat qilishdan, yana bir bor urinib ko’rishdan to’xtaymiz. Biz 100 marta mag’lubiyatga uchrab, 100 marta omadsiz urinishdan so’ng qatiyat bilan 101-urinishni qilmaymiz, hudi yuqorida keltirilgan xikoyadagi filga o’xshab o’z muffaqiyatimizga ishonmaymiz, urinishlarni bas qilamiz.
Lekin hayot xaqiqati shundan iboratki biz har bir urinishimizdan yangi tajribani o’zlashtiramiz. Biz yanada kuchli, yanada aqili bo’lamiz. Lekin baxtga qarshi biz yangi urinishlarni amalga oshirmaymiz.

O’zingizni ongingizdagi ko’rinmas zanjirlar iskanjasida qoldirib doimiy baxtsizlik va azobga maxkum qilamiz.

Baxtimiz, boyligimiz yo’lidagi barcha qo’riqinchli to’siqlar bizning boshimizda, ongimizdadir. Tashqi to’siqlarni qanchalik baland, qanchalik kata bo’lmasiz ularni bartaraft etish, yo’q qilish, aylanib o’tish mumkun.

Ongimizdagi to’siq devorlari qanday qilib buzish yoki ularni qanday qilib oshib o’tish mumkun?

Eng mustahkam, ko’rinmas qamoq devori bizning boshimizda, ongimizdadir.

Bu devorlar qanday paydo bo’lgan? Kim ularni qo’ygan?

Siz hali yosh bo’lgan vaqtingizda doimo kata va buyuk orzular qilardingiz, go’yoki osmonlarda uchardingiz. Yulduzlar bilan raqs tushardingiz.

Sizda hamma narsani qila olaman, olamni o’zgartira olaman degan tuyg’u bor edi. Bu ayni xaqiqat bo’lib, sizda tug’ma ravishta bohodirona, afsonaviy kuch mavjuddir.

Lekin siz ulg’aya borganingiz sayin atrofdagi Yoshi kattalar: “Xom hayollarga berilma”, “hayotga real qarash kerak”, “buning iloji yo’q, “hamma qatori bo’l” kabi so’zlari bilan sizdagi kuchni yo’qa chiqarishgan.

Sizdagi daholikning ilmiy tasdig’i: Buni – o’zingiz ham tekshirib ko’rishingiz mumkun bo’lgan ilmiy dalildir! Bizning bosh miyamiz 100 millyard neyronlardan tashkil topgan.

Neyronlar bu miya to’qimalaridir. Har bir neyron o’rtacha olganda boshqa 10 000 dan 100 000 gacha neyronlar bilan bog’langan. Bir neyron boshqasini juda qisqa vaqt ichida topa oladi, ular orasida doim malumot almashinuvi sodir bo’lib turadi. Neyron xudi kompyuter tranzistori kabi elementar xisoblash elementi bo’lib xizmat qiladi. Tranzistor bu faqat ikki holatda, 0 yoki 1 shaklida turadigan mitti qurilmadir. Nevron bu kichik aqldir. Agar kompyuterdagi transistor faqatgina ikki xolatda tursa, neyron 15-20 ta variantni xosil qila oladi. Ana endi xisoblab ko’ramiz! 100 milliyard neyroni 10 mingga teng bog’lanishlarga ko’paytiramiz, so’ng natijani 15-20 variantga ko’paytiramiz yani 100 000 000 000 * 10 000*20= Oxiri yo’q sonlar hosil bo’ladi.

Natijada siz miyangizning olamdagi atomlar sonidan ham ko’p bo’lgan yangi xolatlarga ega bo’lasiz. Ha siz mana shunaqa ulkan kuch, fantastic darajada quvvat sohibisiz.

Shunday ekan harakatdan orzu qilishdan hech qachon to’xtamaylik!

Maqola Shuxrat Eshmurodovning Telegram kanalidan olindi.

Muallif haqida

UzFoxSoft

Komment yozish

By UzFoxSoft

Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Bizni Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Choose A Format
Gif
GIF format