Forex bu nima? bu bozorning qatnashuvchilari kim?

F

Forex «Foreign Exchange market or Currency market so’zlarining qismartmasidir – bu yosh va rivojlanayotgan valyuta almashtirish bozori bo’lib kunlik pul aylanmasi bo’yicha dunyodagi barcha bozorlarni ortda qoldiradi  Forex bozorining o’zida bir kunda 5 trillion USD miqdorda mablag’ aylanadi.
Mazkur ajoyib bozor o’z tarixini 1971 – yillardan, oltin standartining bekor qilinishi davridan boshlagan. Bunga Amerikaning 37 – prizidenti Richard Nixon sababchi bo’lgan. Oltin standartining bekor qilinishi barqaror valyuta tizimiga zarba berdi. 1971 – yil dekabrdagi Smithsonian shartnomasiga ko’ra doimiy valyuta tebranishlari faqatgina 4.5% ichida o’zgarishiga erishildi (USD qo’shilmagan juftliklar uchun esa bu ko’rsatgich 9% ni tashkil qilgan, yani bu degani USD qatnashmagan valyuta birliklari barqaror emas degani). Yangi valyuta tizimi prinsplari ustida qaror Kingston(Yamayka)da 1976 – yil 8 – yanvarga boribgina qabul qilindi. IMF ning barcha azolari oltinning rasmiy narxini belgilashdan va valyutalar narxidagi tebranishlarni chegaralashdan bosh tortishdi. Valyuta bozorining yaratilishi manashu qarordan keyin boshlandi.
Forex bozorida olib boriladigan barcha harakatlarni bir nechta guruxlarga bo’lishimiz mumkin: olib sotuvchi harakat – specuative(kelajakda foyda qilish uchun sotish yoki sotib olish), chegaralovchi harakat – hedging (kuchli chegaralash), savdo qilish harakati – trading va boshqaruvchi harakat (reguliratsiy qilish). Stocklardan farqli ravishda Foreksda ishlashingiz uchun biror joyga borishingiz shart emas. Bu narsani inglizchasiga «over-the-counter market» OTC deyishadi. Yani Forex bozorning joylashgan bir aniq joyi va ishlash vaqtining chegarasi yo’q. Buning sababi mazkur bozordagi asosiy oldi sotdilar dunyoning asosiy gigant banklari tomonidan olib boriladi. Anashu banklar yer sharining turli nuqtalarida joylashganligi uchun savdo harakatlari kundavomida 24 soat olib boriladi (bank damolish kunlaridan tashqari shanba, yakshanba va xalqaro bayram kunlari).
Demak, Forexning asosiy ishtirokchilari jaxon banklaridir (tijoriy va markaziy banklar). Shu bilan birgalikda, chet davlatlar iqtisodiy harakatlarida qatnashuvchi korporatsiyalar, investorlar va investitsiya bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar (hedge fund), dillerlik markazlari (dealing centers) va individual qatnashchilar ham mazkur jarayonda ishtirok etishadi.

Tijoriy Banklar

Savdoning asosiy qismini tijoriy banklar tashkil etishadi. Ular individuallardan depozitlar olishadi hamda dasturlariga ko’ra bir qancha vaqtdan keyin qaytarib berishadi.

Markziy Banklar

Markziy Banklarning maqsadlari bu o’z davlatlari hukumatni va tijoriy banklarni moliyaviy xizmatlar bilan taminlash hisoblanadi. Ularning asosiy funksiyalari:
-pul taminoti va uni almashtirish narxlarini tartibga solish;
-milliy valyuta banknotlrini chiqarilishini nazorat qilish;
-tijoriy banklarga kridit berish va ulardan depozitlar qabul qlish, hamda ularning harakatlarini nazorat qilish;
-davlat qarzini boshqarish;
-davlat oltin zaxirasini nazorat qilish;
-boshqa markaziy banklar bilan munosabatlar olib borish.

Yirik Korporatsiyalar

Chet davlatlar bilan ishlaydigan korporatsiyalar o’zlarining milliy valyutalarini boshqa davlatda ishlatish uchun o’sha davlat valyutasiga almashtirishda, yoki o’sha davlat valyutasini o’z milliy valyutasiga aylantirishda Foreksdan foydalanishadi. Bu kompaniyalar to’g’ridan to’g’ri valyuta bozoriga kirish imkoni yo’qligidan tijoriy banklar xizmatlridan foydalanishadi.

Investorlar va Investitsiya bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar (Hedge Funds)

Bu kompaniyalar xorijiy mulklar bilan shug’ullanishadi va shu birgalikda investorlarning mablag’larini turli xil valyutaarga ham investitsiya qilishadi (sarflashadi).

Forex Kompaniyalari (Brokerlar va Dealing Centerlar)

Bular sotuvchilar va oluvchilarni birlashtirib savdoni taminlovchi maxsus agentlardir. Ular xizmatlari uchun har bir sotilgan lot uchun qo’shimcha spread yoki commission to’lovini olishadi.

Individuallar

Individuallar bular valyuta almashtirishning notijoriy savdosiga kiruvchi kishilar. Misol uchun, boshqa davlatga sayohat qilmoqchi bo’layotgan sayyohlar yoki boshqalar pullarini Forex orqali almashtirib olishlari mumkin. Faqatgina 1986 – yildan boshlabgina individuallar ham Foreksdan tijoriy maqsadda foydalanish imkoniyati yaratildi. Individuallar Forex kompaniyalari orqali olib sotish harakatlarini olib borishlari mumkin.
Ko’plab odamlar valyuta tebranishlaridan foyda qilishni xoxlagani uchun Forex kundan kunga odamlarni o’ziga jalb etmoqda. Ammo, Foreksda ishni boshlashdan avval asosiy tushunchalarni bilib olishingiz lozim, Aks holda pullaringizni yo’qotib qo’yishingiz aniq! (O’z tajribamda sinalgan 🙁 )

Forex bozorining asoslarini mana bu sahifadan bilib olishingiz mumkun

Muallif haqida

UzFoxSoft

Komment yozish

By UzFoxSoft

Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Bizni Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Choose A Format
Gif
GIF format