Forex bozorining savdo platformalari

F

Avalgi maqolalar orqali oz bo’lsa ham Forex bozori haqida tushinchaga ega bo’ldingiz deb o’ylayman. Yangi maqolada savdo platformalari (Dasturi, pragranmasi) haqida gap boradi. Marhamat tanishib chiqing!

Savdoni boshlashdan avval, savdo platformasiga ega bo’lishingiz lozim. Savdo platformasi (savdo terminali) bu onlayn savdoga moslashtirilgan, broker va Treyderlar o’rtasida aloqani taminlovchi bir nechta dasturlar va uskunalar to’plamidir.
Boshqachasiga aytganda, savdo platformasi bu Treyderning kompyuteriga o’rnatilgan dastur bo’lib onlayn savdo uchun ishlatiladi. Bazi platformalar Web browzer orqali ham ishlayveradi va ularni kopyuterga o’rnatish talab etilmaydi. Ammo, savdo jarayonlarida ishlatiluvchi ko’pchilik platformalarni kompyuterga o’rnatish talab etiladi. Bundan tashqari, savdo platformalarining planshetlarda, smartfonlarda va boshqa uskunalarda ishlovchi mobil versiyalari ham mavjud.

Hozirgi kunda savdo platformalari ichida keng qo’laniladigani MetaQuotes Software Corparation tomonidan yaratilagn Meta Trader 4 platformasidir. Hisob ochayotganingizda hisobingiz xaqiyqiy(Real) bo’ladimi, yoki tajriba hisobimi(Demo) baribir broker tomonidan savdo platformasi tekinga beriladi. Mijozlarga brokerlar o’zlarining maxsus dasturlarini taklif etishi yoki xarid qilingan litsenziyali dasturlarni taklif etishi mumkin.

Savdo platformasi bir nechta muhim vazifalarni bajaradi:

  • Savdo platformasi bozor holatini ko’rsatadi. Yani sizga real vaqt holatida savdo katirovkalari yuborilib turiladi. Bu malumotlar grafik ko’rinishda tasvirlanishi uchun sistemalashtiriladi va guruhlashtiriladi. Guruxlangan malumotlarni ko’rishingiz uchun vaqt intervalini ham tanlashingiz mumkin. Manashunday intervallar timeframelar deb ataladi. Agar 30 minutlik timeframeni tanlasangiz bitta shamcha (candlestick-svecha) yoki bar (qanday grafikni tanlashingizga bog’liq) 30 minutlik timeframega teng bo’ladi (30 minutlik narx o’zgarishini ko’rsatadi).
  • Savdo platformasi market va pending orderlar qo’yish orqali savdoni boshqarishingiz, pozitsiyangizni nazorat qilishingiz, hisobning savdo holatlarini Treyderga (sizga) qulay bo’lgan istalgan vaqtda (damolish kunlari va xalqaro bayramlardan tashqari) tekshirishingiz imkonini beradi.
  • Savdo platformasi texnik analizlarni amalga oshirish uskunalariga ega. Avtomatik ishlash imkoniyatiga ega bo’lgan (savdo operatsiyalarni Treyderning aralashishisiz, ichki yozilgan o’z algoritimi bo’yicha amalga oshiruvchi) Advisorlar (Maslahatchilar) ga ega va standart indikatorlarga katta raxmat aytishimiz kerak.
  • Savdo platformasida savdo jarayonini osonlashtiruvchi bir-nechta instrumentlar mavjud. Bular : asosiy axborot agentlaridan real vaqtda yuboriluvchi yangiliklar lentasi, tizimning va savdoning muhim voqealaridan xabar beruvchi (signal shaklida) alertlar (ogohlantirish signallari), hisob tarixi, har bitta bitimlar to’g’risida malumotlar yaratish va h.k lar.

Forex bozorining asoslarini mana bu sahifadan o’qishingiz mumkun

Muallif haqida

UzFoxSoft

Komment yozish

By UzFoxSoft

Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Bizni Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Choose A Format
Gif
GIF format