Forex Bozorining asoslari

F

Foreksda ishlash, daromad qilish biror pul birligini boshqa biri evaziga sotib olish hamda uni yana sotishga asoslanadi. Dunyoning deyarli istalgan valyutasi bilan shunday savdolarni amalga oshirishingiz mumkin.

Keling biroz misollarni ko’raylik.

1-misol. Sizda 1600 USD bor va GBP/USD almashtirish katirovkasi 1.6000. Demak Siz 1000 GBPni 1600 USDga sotib olishingiz mumkin. GBP USDga nisbatan ko’tariladi degan umidda 1000 GBP sotib oldingiz. Birozdan keyin GBP rostdanham USD ga nisbatan 0.0100 GBPga yani 1.6100 bo’lib ko’tarildi. Manashu katirovkada Siz o’zingizdagi 1000 GBPni 1610 USDga sotishingiz mumkin. Shunda Siz 10 USD miqdorda foyda qilgan bo’lasiz.

2-misol. Keling sizda 1000 GBP miqdorda pul mavjud, almashtirish kotirovkasi GBP/USD 1.6000. Siz o’z GBP ingizni 1600 USD ga sotasiz va GBP USD ga nisbatan tushib ketishini bashorat qildingiz. Birozdan keyin katirovka 1.5900 ga tushib ketdi. Siz esa teskari harakat qilasiz va shu narxda 1600 USD ga GBP sotib oldingiz. Buning natijasida pulingiz 1006.28 GBP bo’ldi. Natijada sizning foydangiz 6.28 GBP ni tashkil etdi.

Misollarga asoslanib bir qancha xulosalar chiqarishimiz mumkin:

1. Siz ikki yo’nalishda ham foyda qilishingiz mumkin: biror pul birligi ko’tarilsa ham tushsa ham.
2. Katirovkalar doimo juftiga nisbatan yo ko’tariladi, yoki tushadi.

Foreksdagi asosiy instrument bu Valyuta juftligi – bir valyutaning boshqa biridagi narxi. Bozorda 100 dan ortiq valyuta juftliklari mavjud. Bazi valyuta juftliklari savdosi kattaroq qiymatda olib borilsa, bazilar kichikroq qiymatda olib boriladi. Masalan, barcha savdo qilingan valyutalarning 66% asosiy valyuta juftliklariga to’g’ri keladi (majors). Bular EUR/USD, GBP/USD, USD/JPY, USD/CHF, AUD/USD va USD/CAD. Sezgan bo’lsangiz kerak, bu yerdagi barcha juftliklarda USD qatnashgan. Bu esa USD ning jaxon zaxira valyutasi ekanligini ko’rsatadi. USD butunlay barcha valyuta savdolarida qatnashadi. Manashu valyuta juftliklarining xisob kitobi USD yordamida amalga oshiriladi. Masalan, EUR/JPY juftligi quyidagicha hisoblanadi: EUR/USD dan USD/JPY ga. Birinchida turgan valyuta asosiy valyuta – base currency deb ataladi. Barcha harakatlar manashu asosiy valyuta bilan olib boriladi. Masalan, EUR/USD. Siz EUR ni xisobingizdagi USD vositasida sotasiz yoki olasiz. O’shanda hisobingizda boshqa bir valyutaga ega bo’lasiz. Masalan, sizning hisobingizda GBP mavjud. EUR/USD savdosini amalga oshirishingiz uchun funtni-dollarga aylantirishning avtomatik operatsiyasi amalaga oshiriladi. Bunda Treyder (brokerning savdogari) hech qanday narxlar haqida bosh qaotirmaydi va keraksiz harakatlarni umuman bajarmaydi. Bari avtomatik bajariladi. Ikkinchida turgan valyuta kvotalanuvchi valyuta (quoted currency) yoki kontrvalyuta deb nomlanadi. U asosiy valyutaning narxini ifodalaydi. Agar EUR/USD = 1.4000 bo’lsa, bu 1 EUR ni 1.4 USD ekanligini bildiradi. Ikkinchida turuvchi valyuta ikki valyutalarning bir biriga aloqasining natijasini ko’rsatadi. Bu aloqa bog’liqlik katirovka (quotation) deb yuritiladi. Klassik versiyada, katirovka to’rttalik narxni ko’rsatuvchi formatga ega. Eng kichik katirovka o’zgarishi oxirgi 4 – raqamda bo’ladi va uni point yoki pip deb atashadi. Masalan, EUR/USD 1.4000 dan 1.4001 ga o’zgardi. Bu esa valyuta bir pipga o’zgarganligini bildiradi. Ammo, katirovkalarning to’rt xonalik formati bu klassik hisoblarninggina hususiyati. NDD va ECN (Broker tomonidan taqdim qilingan tariflar) hisoblar besh xonalik formatda yuritiladi. Bu esa sizga piplar bo’laklarining ham o’zgarishini kuzatishingiz imkonini beradi. Yani bir punkt o’zgarish 1.40000 dan 1.40010 ga o’zgarganda yuz beradi.
«Foreksda katirovkala jadvaliga qarasangiz ikki valyuta juftliklarining yonma yon turganligini ko’rishingiz mumkin. Sotish narxi va sotib olish narxi»
*JPY bilan ko’rsatiluvchi juftliklarda kvotalar ikkilik formada ko’rsatiladi (NDD va ECN lar esa ularni 3 xonalik formatda ko’rsatishadi). USD/JPY juftligi uchun katirovka 84.85 kabi ko’rsatilishi mumkin. Agar narx 84.86 ga ko’tarilsa demak bu narxning bir point oshganligini ko’rsatadi. Foreksda katirovkalar jadvaliga qarasangiz har bir valyuta juftligi oldida ikkita narxni ko’rasiz: sotib olish narxi va sotish narxi. Sotib olish narxi doim sotish narxidan baladroq. Sell/sotish narxi Bid (taklif), sotib olish/Buy narxi esa Ask (talab) deyiladi (Sell-Bid Buy-Ask). Sotib olish/Buy orderlari Ask narxida ochiladi. Bid va Ask o’rtasidagi farq spread deb yuritiladi. Spread pointlarda o’lchanadi.

Agar bozor narxi jadvalda ko’rsatilganidek bo’lsa bir yevroni sotib olishingiz uchun Sizdan 1.3065 AQSH dollari talab etiladi. Bir yevroni sotsagiz esa sizga 1.3063 AQSH dollari iqdorida pul bershadi. Sizning buyruqlaringizni baarayotgan brokkerlar esa xizmalari uchun har bir bitimingizdan (sotish/sotib olish ikkalasidan ham) spread olishadi. Yani ushbu holada spread 2 punkt qilib belgilangan. Bu qiymat turli brokerlarda turlicha bo’lishi mumkin. U kamdan kam hollarda o’zgartirlishi mumkinligini hisobga olmasa umuan o’zgarmasdir. Bu qiymat broker kompaiyalaining daromadi hisoblanadi.
Forex bozorida yana ikkita juda muhim bo’lgan terminlar mavjud: margin va leverage. Forex savdosi odatda yetarlicha katta miqdordagi mablag’ bilan olib boriladi (bir standart lot asosiy valyutaning 100 000 birligiga teng bo’ladi). Lekin hardoim kichikroq qiymatlar bilan savdo olib borish imkoniyati mavjud (masalan 0.01 lot yoki valyutaning 1000 birligi), ammo Foreksda savdo qilishni xoxlovchi hammada ham bu miqdordagi mablag’ topilmasligi mumkin. Manshu joyida Treyderga levarage yordamga keladi. Levarageni o’zbekchaga kredit richagi deya tarjima qilishimiz mumkin. Levarage Treyderga kichik summaga ega bo’la turib kattaroq summadagi hisobga ega bo’lish imkonini beradi. Bu xar xil kompaniyalarda xar-xil. Masalan, Forex4you brokerining o’zi turlicha kattalikdagi leveragelarni taklif etadi: 1:1 dan tortib to 1:1000 gacha. Masalan, Siz 1:100 darajadagi levaragedan foydalanmoqchisiz. Bu degani, broker Sizning kiritgan har bir dollaringiz uchun 100 dollar midorida kredit ajratadi (hech qanday foizsiz). Agar Siz 100 dollarlik hisob ochadigan bo’lsangiz va leverage 1:100 bo’ladigan bo’lsa demak Sizning hisobingizda 100 (kiritgan pulingiz) x 100 (leverage) = 10000 dollar bo’ladi. Yani bunda Siz brokkerning 10000 dollar mablag’i bilan savdo qilasiz. Foyda qilaolsangiz uning bari Sizniki. Agar zarar qilishni boshlasangiz esa bitimingiz avtomatik tarzda yopiladi. Chunki broker mablag’ini yo’qotmasligi kerak. Yani Siz agar zarar qilsangiz maksimal darajada kiritgan pulingizmiqdorida zarar qilasiz. Undan uyog’i brokkerning, puli yo’qotilmasligi kerak. Shuning uchun broker avtomatik tarzda zarar ko’rayotgan bitimingizni yopib qo’yadi. Bunday kredit berish oqibatida broker hech narsa yo’qotmaydi. Ammo, treyderlar juda katta foyda qilishlari mumkin.
Sizning hisobingizdagi leverage yuqoridagi misoldagi 1:100 miqdorda bo’ladigan bo’lsa bir standart lotda 1.4562 narxda GBP/USD sotib olmoqchi bo’lsangiz, (1 lot = asosiy valyutangizning 100 000 birligi), 100 000 funtsterliglik savdo qilish uchun sizga 1000 birlikdagi mablag’, yani GBP – funt kerak bo’ladi (1000 x 100 (levarage)= 100 000 = 1 lot). Bu holatda agar hisobingiz USDda bo’ladigan bo’lsa 1000 x 1.4562 = 1456.2 dollar margin yani chegara bo’ladi. Bunda Siz ushbu bitimdan ko’rayotgan zararingiz 1456.2 dollardan ko’payishni davom etsa demak bitimingiz avtomatik ravishda yopiladi. Sizning qo’ygan pullaringiz esa o’sha zararni yopish uchun kompaniyaning hisobia qonuniy ravishda o’tib ketadi. Ammo, hayotda narxlar hechqachon bunchalik tez o’zgarmaydi. Narxlar o’zgarishi davomida Siz qanchalik foyda va zarak ko’rayotganingizni ko’rib turasiz.

Forex o’zi nimaligi haqida mana bu havoladan bilib olishingiz mumkun Etiboringiz uchun Rahmat!

Muallif haqida

UzFoxSoft

1 Komment

By UzFoxSoft

Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Bizni Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Choose A Format
Gif
GIF format