Ayol Zakovati…

A

Amir Umarxon – Qo’qon xoni bo’lgan. Betakror shoir bo’lgan.

Nodirabegim – Umarxonning jufti haloli, malika bo’lgan. Betakror shoira bo’lgan. Xon saroyida muntazam tashkil etiladigan mushoiralarda mana-mam degan shoirlarni “bir cho’qishda” qochirib yuborgan.

…Buni qarangki, shoh xonadonida ham er-xotin o’rtasida “g’idi-bidi”lar bo’larkan-da!

Kunlardan birida Umarxon bilan Nodirabegim arzimagan masalada gap talashib qolibdilar. Aslida-ku Nodirabegim haq ekan. Ammo Umarxon – baribir xon-da!

  • Malikam – debdi jahl otiga minib. – Sizga ruxsat! Saltanat xazinasidan o’zingiz uchun eng qimmatli narsani oling-da, yurtingizga jo’nang!

Bazmi jamshid davom etibdi. Umarxon toliqib, mudroqqa ketibdi…

Bir mahal ko’zini ochsa, qo’sh otli foytonda ketayotganmish. Biydek dala… Hammayoq zulmat…

Osmonda yulduzlar… Navkarlar otining tuyog’i gursilaydi… Qarasa yonida Nodirabegim o’tirganmish…

  • Bu ne sinoat? – debdi xon hayron bo’lib. – Qayoqa ketyapmiz?
  • Andijonga– debdi Nodirabegimga kulimsirab. – Ozingiz yurtingizga jo’nang, deb amr etdingiz.

Xon, shu kuni bo’lgan hangomani eslab, yana achchiqlanibdi.

  • Men sizni Anjon boring, deb edim! Anjonga men ham boraman, degan emasmen!
  • To’g’ri, olampanoh! – debdi Nodirabegim. – Siz meni Anjon yuborishni hukm etdingiz. Ammo saltanat xazinasidan O’zingiz uchun eng qimmatli narsani olib ket, dedingiz. Hukmingiz vojib! Saltanat xazinasidan men uchun eng bebaho boylik – Siz bo’lasiz! Men o’sha xazinani o’zim bilan olib ketishga jazm etdim!

…Karvon darhol ortga qaytibdi.

O’sha-o’sha jannatmakon Amir Umarxon saroyida osoyishtalik hukm surgan, deyishadi.

 

O’tkir Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”

 

Mana shu hikoyadagi Nodirabegim kabi ayolar, qizlar faqat va faqat ko’payishini, o’z yoriga sodiq bo’lishini tilab qolaman.

 

Muallif haqida

UzFoxSoft

Komment yozish

By UzFoxSoft

Yangi maqolalar

Yangi sharhlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Bizni Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Choose A Format
Gif
GIF format